Men haqimda — Umar Islomov
Men — Umar Islomov, AI ijodkor va VERO ambassadoriman. 2019-yildan beri ijod va media sohasidaman: SMM va marketingdan boshlaganman, bugun esa brendlar bilan kinematik AI videolar va kreativ loyihalar ustida ishlayman.
Sun’iy intellekt yordamida media-kontent tayyorlashni odamlarga o‘rgataman va bu mavzuda spiker sifatida sahnada chiqish qilaman. Maqsadim — O‘zbekistondagi AI ijodini global darajaga olib chiqish.









