Higgsfield qanday ishlatiladi: Kling 3.0 bilan kino kadr
Bitta rasmdan 5 ta kino kadr Bitta rasmdan ortiqcha generatsiya qilmasdan 5 ta professional kino kadrini yasash. Qadam-baqadam to‘liq workflow. Natija: bitta rasmdan 5 ta konsistent kino kadr (~30s video). Har bir qadam rasmlari, 5 ta shot prompti va global negative prompt — pastda.
Shunday videolarni tizimli o‘rganmoqchimisiz? Mini-kurs
Manbalar
Qadam-baqadam
Higgsfield’da avatar yasash
Higgsfield saytiga kirib, Character bo‘limiga o‘ting. Kamida 20 ta aniq yuz rasmi yuklang — yakka kishi, ochiq yuz, turli burchaklar. Guruhdagi rasmlar, ko‘zoynakli va yuzni to‘sib turuvchi rasmlardan qoching. Karakterni saqlang va nom bering.
Maslahat: Sifatli avatar uchun 20+ rasm tavsiya etiladi. Yuz aniq ko‘rinsa, yorug‘lik va burchaklar turlicha bo‘lsa — natija yaxshiroq chiqadi.
Pinterest’dan referens rasm tanlash
Pinterest’ga kirib o‘zingiz xohlagan vizual effektli yoki kayfiyatli rasm tanlang. Bu rasm videongizning umumiy ko‘rinishi va atmosferasini belgilaydi.
Maslahat: Referens rasmda atmosfera va yorug‘lik qanchalik aniq bo‘lsa — AI shuncha yaxshi natija beradi.
Higgsfield Soul 2.0’ga kirish
Higgsfield’da Image bo‘limiga o‘ting. U yerdan Higgsfield Soul 2.0 ni tanlang — “Next generation ultra-realistic fashion visuals” deb yozilgan yangi model.
Referens + avatar → rasm
Soul 2.0 ichida Pinterest’dan tanlagan rasmingizni yuklang. Keyin Character bo‘limidan avataringizni qo‘shing. 9:16 formatni tanlang va GENERATE tugmasini bosing.
Maslahat: Shu bosqichda chiqqan rasm keyingi barcha shotlarning start frame’i bo‘ladi.
Kling 3.0 — Multi-Shot bilan kino
Kling 3.0’da Create Video bo‘limini oching. Start Frame’ga Soul 2.0’dan olgan rasmingizni yuklang. Multi-Shot’ni yoqib, Custom’ni tanlang va har bir panelga alohida prompt yozing (promptlar pastda).
Maslahat: Bitta rasm = butun video. Multi-Shot bir xil avataringizni barcha kadrlarda bir xil saqlaydi.
Natija
Yakuniy qoidalar
- Birinchi rasm = asos. Barcha kadrlar shu rasmdan kelib chiqadi.
- Bir xil dunyo. Barcha shotlar bir muhitda, bir atmosferada bo‘lsin.
- @character bir xil. Birinchi rasm uslubiga to‘liq mos bo‘lishi shart.
- Tabiiy kesim. Shotlar orasidagi o‘tish silliq va tabiiy ko‘rinsin.
- Umumiy kayfiyat. Sokin, sinematik ketma-ketlik — xaos yo‘q.
- Yorug‘lik o‘zgarmasin. Barcha kadrlar bir xil yorug‘likda bo‘lsin.
REFERENCE Use the first image as the start frame. Keep environment: desk, chair, CRT computer exactly the same. CHARACTER @character (face, hair, hands) CAMERA starts wide. Slowly moves forward (dolly in). Character sits calmly. DETAILS Grass slightly moving in the wind. Calm atmosphere. CAMERA Smooth forward movement. Fully stabilized. No shake.
REFERENCE Same environment continues. CHARACTER @character ACTION Side angle shot. Character working on computer. Minimal movement. CAMERA Static. EMOTION Focused. Calm.
REFERENCE Keyboard must match first image computer style. CHARACTER @character (hands) ACTION Hands typing on keyboard. Natural finger movement. CAMERA Static. Close-up.
REFERENCE Mouse must match first image setup. CHARACTER @character (hand) ACTION Hand moves mouse slightly to the left. Then performs a click. CAMERA Static. Close-up.
CHARACTER @character ACTION Extreme close-up of eyes. Character looking forward. EMOTION Serious. Focused. Analytical. CAMERA Static. Shallow depth of field.
no camera shake no glitches no modern computer no environment change no lighting change no extra objects no face distortion no identity change
Shunday videolarni bosqichma-bosqich o‘rganing — mini-kursda 15 ta dars, o‘zbek tilida.
Mini-kurs haqida






















